TURIN POLYTECHNICUNIVERSITY IN TASHKENT2026 / 27
Qabul kampaniyasi reklamasi
Asosiy e’tibor target va Telegram reklamalariga qaratildi.
To‘lov qilgan abituriyentlar
Universitetning 29.09.2026 hisoboti
Ko‘chmas mulk, ta’lim va xizmat bizneslari bilan ishlash tajribamiz bor. Yechimni biznesingiz vazifasiga moslaymiz.

Marketingni jamoangiz bilan birga yuritamiz.
Mijozlar va loyihalar







Fevral o‘rtasidan sentabr oxirigacha 2026/2027 o‘quv yili qabul jarayoni uchun performance marketingni boshqardik.
TURIN POLYTECHNICAsosiy e’tibor target va Telegram reklamalariga qaratildi.
Universitetning 29.09.2026 hisoboti
28.09.2026 holatiga ko‘ra, 2026-yil davomida barcha manbalardan yaratilgan lidlar.
28.09.2026 holatiga ko‘ra Tilda (Qabul2026) bazasidagi murojaatlar.
Ko‘rsatkichlar har bir hisobot sanasi bilan berilgan: universitet — 29.09.2026, Bitrix24 va Tilda — 28.09.2026.
Turli tizimlardagi ma’lumotlar bir-birini takrorlashi mumkin va qo‘shilmaydi. Bu noyob reklama lidlari emas. Bitrix24 ko‘rsatkichi 2026-yilgi barcha manbalarni o‘z ichiga oladi, Tildada esa davr filtri noma’lum. 1 751 — to‘lov qilgan abituriyentlar soni. Yillik kontrakt to‘liq to‘langani tasdiqlanmagan.
Manba: universitet, Bitrix24 va Tilda.
BOCHKA RESORTBochka markazida joylashgan, 3 yilda bitirilishi rejalashtirilgan qurilish obyekti.
Biz reklama, taklif, kontent, video va sayt yo‘nalishlarini boshqardik.
$3,5 mln umumiy sotuv qiymati va kassaga tushgan taxminan $300 ming pul aynan ushbu 58 ta xonadon hamda ko‘rsatilgan davrga tegishli. Sotuv qiymati, kassaga tushgan pul va sof foyda har xil ko‘rsatkichlardir. Barcha sotuvlar faqat reklama natijasi degani emas.
Manba: keys uchun 8020 jamoasi taqdim etgan ma’lumotlar. Mustaqil tekshirish uchun dastlabki hisobotlar taqdim etilmagan.
BAHOR AVENUE / MBGHamkorlikdan oldin oyiga 4–5 ta xonadon sotilardi. Birgalikdagi ishning birinchi oyida 20 ta xonadon sotildi; sotuv bo‘limida ikki menejer ishlagan.
Taklif tayyorlash, target reklamani sozlash va kontent tayyorlash.
Performance marketing tizimini yo‘lga qo‘yamiz. Kontent, video va sayt taklifni tushuntirib, qiziqishni murojaatga aylantirishga xizmat qiladi. Ish tarkibini loyihaga qarab kelishamiz.
Maqsadli mijozlardan murojaatlar olish uchun reklama strategiyasi, g‘oyalar va kreativlar, kampaniyalarni ishga tushirish, murojaatlarni kuzatish, hisobot va optimallashtirish.
Mahsulot va auditoriya tahlili, taklif, kanallarni tanlash, ishga tushirish rejasi va natijani baholash ko‘rsatkichlari.
Kontent reja, matn va vizual materiallar: mahsulotni tushuntiramiz, savollarga javob beramiz va murojaatga yo‘naltiramiz.
Reklama va mahsulotni tanishtirish uchun g‘oya, ssenariy, tasvirga olish va montaj. Format va ish hajmini oldindan kelishamiz.
Tuzilma, matn, dizayn, ishlab chiqish, formalar va analitikani ulash: reklamadan murojaatgacha tushunarli yo‘l.
Reklama, kontent va sayt bitta brend sifatida tanilishi uchun vizual uslub va undan foydalanish qoidalari.
Agentlik xizmat haqi va reklama budjeti — alohida xarajatlar. Reklamani joylashtirish budjeti alohida to‘lanadi. Tasvirga olish, sayt, tashqi servislar va boshqa qo‘shimcha ishlarni smetada alohida ko‘rsatamiz; tarkib, hajm va narxni ish boshlanishidan oldin kelishamiz.
Kompaniyangizning amaldagi ko‘rsatkichlari, mahsuloti, auditoriyasi va raqobatchilar harakatini o‘rganamiz.
G‘oyalarni sinash rejasini tuzamiz va reklama kanallarini tanlaymiz.
Materiallarni tayyorlaymiz va reklamani sozlaymiz.
Murojaatlarni tahlil qilamiz va natijalarga qarab budjetni yo‘nalishlar o‘rtasida qayta taqsimlaymiz.
Agentlikda 7 nafar mutaxassis faoliyat yuritadi. Asoschi Abdulaziz O‘rinov marketingda 5 yillik tajribaga ega, agentlik esa 2 yildan beri ishlamoqda.

CEO · Marketolog

Loyiha menejeri

Targetolog

Kontentmeyker

DOP · Operator
Montajchi
Dizayner
Ko‘chmas mulk, ta’lim va xizmatlar, jumladan tibbiyot va IT yo‘nalishlarida tajribamiz bor. Boshqa sohalarga ham ochiqmiz.
Narx qo‘yilgan vazifalar, ish hajmi va jalb qilinadigan kanallarga bog‘liq. Yakuniy qiymatni loyiha tahlilidan so‘ng muhokama qilamiz.
Muddatlar bozor holati, mahsulot, budjet va sotuv bo‘limingiz ishiga bog‘liq. Barcha omillar ta’sir qilgani uchun aniq muddat va hajmlarga kafolat bermaymiz.
Ism, telefon va vazifangizni qoldiring yoki Telegramga yozing. Bog‘lanib, uchrashuvni tasdiqlashdan oldin uning formati va narxini aniqlashtiramiz. Muhokamadan so‘ng keyingi qadamni kelishamiz.
Mahsulotingiz, hozirgi marketing va vazifangizni muhokama qilamiz. Keyin navbatdagi qadam va kerakli ish hajmini kelishamiz. Uchrashuv formati va narxini uni tasdiqlashdan oldin aniqlashtiramiz.
Toshkent sh., Jangoh ko‘chasi, 37
Xaritada ochish ↗